Ma’lumotlar bilan ishlash
Yangilangan: 9-sentabr, 2026-yil.
Qanday ma’lumot olinadi?
Sinov darsi arizasida ism, telefon raqami va siz tanlagan yo‘nalish olinadi. Arizani ota-ona yoki qonuniy vakil qoldirishi mumkin. Bolaning pasporti, to‘lov kartasi yoki boshqa maxfiy hujjatlarini yubormang.
Nima uchun ishlatiladi?
Minar Academy operatorlari siz bilan bog‘lanish, yo‘nalish va dars jadvalini muhokama qilish uchun arizani CRM tizimida ko‘radi. Saytdagi texnik navbat qabul qilingan arizani CRM’ga yetkazishga xizmat qiladi. Ariza ma’lumotlari ochiq sahifada chiqarilmaydi.
Saqlash va o‘chirish
CRM’ga yetkazilgan arizaning sayt serveridagi texnik nusxasi 90 kundan keyin o‘chiriladi. Yetkazilmagan ariza yo‘qolmasligi uchun navbatda saqlanadi. Mahalliy zaxira nusxalari 30 kun saqlanadi. CRM’dagi arizani tuzatish yoki o‘chirishni operator bilan bog‘langanda yoki ariza formasida so‘rashingiz mumkin: ism maydoniga “Ma’lumotimni o‘chirish” deb yozib, avvalgi telefon raqamingizni kiriting. Operator so‘rov egasini tekshiradi.
Sayt statistikasi
Sayt ko‘rilishi, kurs tanlanishi va ariza formasiga o‘tish kabi hodisalar umumiy hisob uchun yoziladi. Bu hisoblagich ism, telefon, IP manzil, to‘liq URL yoki doimiy foydalanuvchi identifikatorini saqlamaydi va cookie qo‘ymaydi. Brauzerdagi Do Not Track yoki Global Privacy Control yoqilgan bo‘lsa, hodisalar yuborilmaydi. Veb-server ishlashi uchun texnik ulanish jurnallari alohida yuritilishi mumkin.